O‘zbekiston bozorida uy-joyga bo’lgan talab oshishda davom etmoqda

Toshkent shahrida uy-joy savdolari dinamikasi 9,3% o‘sdi

O‘zbekiston bozorida uy-joyga bo’lgan talab oshishda davom etmoqda

Noyabr oyida ko‘chmas mulk bozorida sotuv bitimlari 21,9 mingtani tashkil etib, oktabr darajasidan 2,5% ga o‘sdi. Yillik o‘sish esa 0,8% ni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Hududiy tahlil

O‘tgan oydagi uy-joy savdolari dinamikasi O‘zbekistonning turli hududlarida, xususan, Xorazm (15,6%) va Buxoro (8,4%) viloyatlarida sezilarli darajada oshgan. Toshkent shahri esa mamlakat bozorining qariyb 30% ulushini egallab, 9,3% o‘sishga erishdi.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori tahlili

O’tgan oy davomida respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxlari deyarli o‘zgarmay, atigi 0,3% ga o‘sish kuzatildi. Biroq, o‘tgan yilga nisbatan yillik 6,2% ga o’sganini ko’rish mumkin.

Bir yil ichida ushbu segmentda eng yuqori narx Surxondaryo — 18,1%, Buxoro — 11,9% va Qashqadaryo — 10,2% viloyatlarida bo‘lgan.
Eng arzon ikkilamchi uy-joy Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to’g’ri keladi — har kvadrat metr uchun o‘rtacha $333.

Toshkentda esa narxlar 0,2% ga oshib, bir kvadrat metr uchun $1,100 deb baholangan.

Poytaxt tumanlari orasida narxlarning sezilarli o‘sishi Bektemir tumanida – 4,4%, Yashnobod tumanida – 2,4%, va Shayxontohur tumanida – 2,2% qayd etildi.

Umuman olganda, yil davomida respublika bo‘yicha ikkilamchi bozorda kvadrat metr uchun o‘rtacha narx 6,2% ga oshgan bo‘lsa, Toshkentda narxlar 1,5% ga pasaygan.

Toshkent shahrida uy-joy savdolari dinamikasi 9,3% o‘sdiUy-joy ijarasi bozorining tahlili

Noyabr oyida Toshkentdagi ijara narxlarida turg‘unlik kuzatildi. Kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara narxi 8,3 dollarni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich iyun oyidan beri o‘zgarmagan.

Eng yuqori ijara narxlari poytaxtning markaziy hududlarida – Mirabad, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida saqlanib qolgan bo‘lib, bu hududlarda kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara narxi $10–$11 ni tashkil etmoqda.

O‘tgan yilga nisbatan Toshkentda ijara narxlari o‘rtacha 10,7% ga pasaygan. Yillik pasayish bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich Uchtepada – 14,5%, Yashnobodda – 14,3%, va Yunusobodda – 13,8% qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi