O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiyalar uchun byudjetdan 2,5 trln so‘m yo‘naltiriladi

“Yangi O‘zbekiston” kabi massivlar uchun Davlat byudjetidan 700 mlrd so‘m, banklardan 3 trln so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiyalar uchun byudjetdan 2,5 trln so‘m yo‘naltiriladi

2025-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida hududlarda jami 8,1 mln m2dan iborat 135 ming kvartirali uy-joylarni qurish belgilandi. Bu haqda Prezident Farmoni qabul qilindi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sonini 1,5 baravarga oshirish va mazkur maqsadlarga Davlat byudjetidan 2,5 trln so‘m yo‘naltiriladi. 

Uy-joy va ipoteka bozorini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun 20,9 trln so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlarini ajratiladi. 

“Yangi O‘zbekiston” va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo qilishda ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun Davlat byudjetidan 700 mlrd so‘m hamda tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan 3,0 trln so‘m miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltiriladi. 

2025-yilda “Yangi O‘zbekiston” va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

2025-yil 1-martdan “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi.

Avvalroq Kapital.uz nashri 2025-yilda “Yangi O‘zbekiston” massivlari infratuzilmasi uchun 1,2 trln so‘m ajratilishi, 2030-yilgacha esa massivlarning soni 100 taga yetkazilishi haqida ma’lum qilgan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

BYD zavodi O‘zbekistonda 10 ta yangi model ishlab chiqarish uchun $200 mln jalb qiladi
/
BYD zavodi O‘zbekistonda 10 ta yangi model ishlab chiqarish uchun $200 mln jalb qiladi
2026-yilda JAC Motors Toshkent avtomobil zavodi ishga tushiriladi
/
2026-yilda JAC Motors Toshkent avtomobil zavodi ishga tushiriladi
Endilikda soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshganda elektr uchun to‘lov cheklanadi
/
Endilikda soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshganda elektr uchun to‘lov cheklanadi