O‘zbekistonda 1-iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

Yangi tizimga ko‘ra, shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obektlari bo‘yicha tuziladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

2025-yil 1-iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu bo‘yicha tegishli prezident farmoni qabul qilingandi.

Yangi tartib fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish hamda qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi tizimga ko‘ra, shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obyektlari bo‘yicha tuziladi. Xaridor to‘layotgan mablag‘ to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilish kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oshiriladi.

Qurilish ishlari kamida 30% ga bajarilganidan so‘nggina bank tomonidan mablag‘ ko‘chiriladi yoki kredit ajratiladi.

2025-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha amaldagi va yangi tizim parallel ravishda qo‘llanadi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etiladi.

Qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida Shaffof qurilish axborot tizimi joriy etiladi va ulushli shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq organlariga yuboriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi