Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi

Ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 20,4% ga oshgan

Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi

2024-yilda rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning dividend daromadi 96,2 mlrd rublni ($1,2 mlrd) tashkil etdi. Bu haqda Forbesning Rossiya nashri tomonidan e’lon qilingan reytingda ma’lum qilindi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 20,4% ga oshgan.

O‘tgan yilgi yirik dividend olgan Rossiya milliarderlari ro‘yxatida Usmonov beshinchi o‘rinni egalladi. 2023-yilda u to‘rtinchi o‘rinda bo‘lgan.

Forbes reytingni tuzishda soliqlar va komissiyalarni hisobga olmagan holda to‘langan dividendlarning yalpi bahosiga asoslangan.

Nashrga ko‘ra, 2024-yilda ro‘yxatga kiritilgan 50 nafar milliarder va ular bilan bog‘liq shaxslar foydasiga jami dividend to‘lovlari qariyb 1,8 trln rublni tashkil qilgan.

Kapital.uz may oyi boshida milliarderning boyligi $305 mlrdga yetgani haqida xabar bergandi. Usmonovning boyligi yil boshidan buyon $15 mlrdga oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
/
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Toshkent metropolitenining 13 ta bekatida kassalar yopildi
/
Toshkent metropolitenining 13 ta bekatida kassalar yopildi