Urganch aeroportini modernizatsiya qilish bo’yicha tenderning birinchi bosqichi yakunlandi

Tenderda sakkizta kompaniya ishtirok etdi, ulardan beshtasi final bosqichidan o'tdi

Urganch aeroportini modernizatsiya qilish bo’yicha tenderning birinchi bosqichi yakunlandi

Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi bo’yicha tenderning birinchi bosqichi yakunlandi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Loyiha malaka so’rovini (RfQ) o’z ichiga olgan davlat-xususiy sheriklik (DXSh) doirasida amalga oshiriladi. Taqdim etilgan arizalarni sinchkovlik bilan baholagandan so’ng, idoralararo tender komissiyasi RfQ bosqichidan o’tgan ishtirokchilarni tasdiqladi. Tenderda jami sakkizta kompaniya ishtirok etdi, ulardan beshtasi final bosqichiga o’tdi — taklif so’rovi (RfP), unda g’olib tanlanadi.

Sentyabr oyida “Uzbekistan Airports” “qurilish, boshqarish, uzatish” (Build-Operate-Transfer – BOT) modeli bo’yicha amalga oshirilayotgan Urganch aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bo’yicha tenderni uzaytirishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab, joriy yilning 1 avgust kuni tenderning birinchi bosqichi – malaka so’rovi boshlandi. Potensial ishtirokchilarning ko’plab so’rovlari tufayli hujjatlarni topshirish muddati o’zgartirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
/
Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
/
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi
/
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi