“Uzbekistan Airports” Urganch aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bo’yicha tender muddatini uzaytirdi

Malaka so'roviga ariza berish 1-noyabrgacha qabul qilinadi

“Uzbekistan Airports” Urganch aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bo’yicha tender muddatini uzaytirdi

“Uzbekistan Airports” “Qurilish, boshqarish, uzatish” (Build-Operate-Transfer – BOT) modeli bo’yicha amalga oshirilayotgan Urganch aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bo’yicha tenderni uzaytirishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab, joriy yilning 1 avgust kuni tenderning birinchi bosqichi – malaka so’rovi boshlandi. Potentsial ishtirokchilarning ko’plab so’rovlari tufayli hujjatlarni topshirish muddati o’zgartirildi.

Endi ma’lumotni aniqlashtirish uchun so’rovlarni qabul qilish – 2024-yil 1-oktabrgacha, soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan), malaka so’roviga ariza berish-2024-yil 1-noyabrgacha, soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qozog‘istonning FlyArystan kompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
/
Qozog‘istonning FlyArystan kompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
/
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi
/
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi