“Ural Airlines” 3 ta yangi yo‘nalishda O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Xususan, Sochi — Samarqand — Sochi yo‘nalishida parvozlar haftaning chorshanba kuni amalga oshiriladi

Rossiyaning “Ural Airlines” aviakompaniyasiga yangi yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsat berildi. Bu haqda O‘zaviatsiya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ruxsatnoma aviakompaniyaga uchta yangi yo‘nalish bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bular Sochi — Samarqand — Sochi, Sochi — Namangan — Sochi va Krasnoyarsk — Samarqand — Krasnoyarsk yo‘nalishlaridir.
Sochi — Samarqand — Sochi yo‘nalishida parvoz narxlari 1,25 mln so‘mdan boshlanadi va haftaning chorshanba kunlari uchish mumkin.
Sochi — Namangan — Sochi yo‘nalishi esa 1,43 mln so‘mni, Krasnoyarsk — Samarqand — Krasnoyarsk yo‘nalishi 1,61 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ