UPay to‘lov tizimi egasi “Maroqand” bankrot deb topildi

Toshkent shaharlararo iqtisodiy sudi 2-fevral kuni bu haqdagi qarorni qabul qildi

UPay to‘lov tizimi egasi “Maroqand” bankrot deb topildi

Toshkent shaharlararo iqtisodiy sudi 2026-yil 2-fevral kuni “Maroqand” aksiyadorlik jamiyatini to‘lovga qodir emas, ya’ni bankrot deb topish va uni tugatish tartibini boshlash haqida qaror qabul qildi.

“Maroqand” AJ UPay to‘lov tizimiga egalik qiladi. Mazkur servis orqali foydalanuvchilar shaxsiy mablag‘larini boshqarish, davlat xizmatlari, mobil aloqa, internet va o‘yinlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, bank kartalari o‘rtasida pul o‘tkazish hamda elektron hamyonlarni to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya 2022-yil may oyida Humans fintex ekotizimi tomonidan to‘liq sotib olingan. 2024-yil oktabr oyida esa Markaziy bank tomonidan taqiqlangan xizmatlar, jumladan, onlayn qimor o‘yinlari uchun to‘lovlarga yo‘l qo‘ygani sababli Maroqand faoliyati olti oyga cheklangan edi.

Shuningdek, 2025-yil oktabr oyida Humans LLC ham sud qarori bilan bankrot deb topilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasi orqali ulangan foydalanuvchilarning bank kartalaridan ruxsatsiz mablag‘lar yechib olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Markaziy bank ushbu holatni tasdiqlab, tekshiruv boshlanganini ma’lum qilgan.

Tekshiruv doirasida regulyator Paylov savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi Octagram AJ bilan bog‘lanib, xavfsizlikdagi ehtimoliy kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida P2P operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Shu kuni Humans ilovasi orqali taqdim etilayotgan barcha to‘lov xizmatlari ham vaqtincha to‘xtatilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda aholining valyuta taklifi talabdan $9,7 mlrdga ortiqroq bo‘ldi
/
2025-yilda aholining valyuta taklifi talabdan $9,7 mlrdga ortiqroq bo‘ldi
Ilon Maskning boyligi qariyb $800 mlrddan oshdi
/
Ilon Maskning boyligi qariyb $800 mlrddan oshdi
Jizzax viloyatida Yangi Jizzax shahri qurilishi uchun 40 mlrd so‘m ajratiladi
/
Jizzax viloyatida Yangi Jizzax shahri qurilishi uchun 40 mlrd so‘m ajratiladi