Tojikiston Markaziy Osiyoning umumiy energiya tizimiga qo’shiladi
Bu may oyining oxirigacha sodir bo'lishi kutilmoqda
Фото: «РИА Новости»
Tojikiston may oyining oxirigacha Markaziy Osiyoning umumiy energiya tizimiga qo’shilishi mumkin. Bu haqda O’zbekiston energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov 14 may kuni Toshkentda bo’lib o’tgan energetika haftaligida (UEW 2024) ma’lum qildi, deya xabar beradi gazeta.uz.
Uning ta’kidlashicha, mintaqalararo savdo va hamkorlik, ayniqsa elektr energiyasi sohasida, qo’shni davlatlar — Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkmaniston bilan rivojlanmoqda. Shu oyda Tojikiston ham Markaziy Osiyoning umumiy energiya tarmog’iga qo’shilishi kutilmoqda.
2021 yil oxirida Tojikistonda mamlakatni Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimiga qaytarish masalasi muhokama qilinishni boshladi. Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabirning aytishicha, qaytish 2022 yilga rejalashtirilgan, ammo bu jarayon bir necha bor kechiktirilgan.
Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Jumaning ta’kidlashicha, joriy yil oxirigacha elektr tarmog’ining Shimoliy qismini tayyorlashni yakunlash rejalashtirilgan va ushbu liniyaning ishga tushirilishi 2024-yil aprel oyida bo’lib o’tadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ