Ulush kiritish asosidagi qurilishni tartibga solish haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Hujjat fuqarolar mablag‘larini jalb qilishning yagona modeli, eskrou hisobvaraqlari va quruvchilarning shaxsiy javobgarligini nazarda tutadi

Ulush kiritish asosidagi qurilishni tartibga solish haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyiha ko‘p qavatli uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektini ulush kiritish asosida qurish sohasini tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, ulushli qurilishlarga fuqarolar mablag‘larini jalb qilish tartibini belgilaydi. Shuningdek, u ulushdorlarning ulushli qurilish obyektlariga mulk huquqi hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni nazarda tutadi.

Ushbu qonunning amal qilishi:

  • renovatsiyasi hududlarida quriladigan uy-joylar uchun mulkdor va uchinchi shaxslarning mablag‘larini jalb qilishga;
  • ko‘p qavatli uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektini ulushdorlarning mablag‘larini jalb qilmasdan qurishga;
  • jismoniy shaxslarning ixtiyoriy birlashmasi asosida tuzilgan uy-joy qurilish kooperativlarining o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlariga tegishli ulushlarga muvofiq ko‘chmas mulk obyektini qurishga;
  • ulushdorlarning mablag‘lari qurilish ishlariga jalb etilmasdan ko‘chmas mulk obyektini kelajakda oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, ulushli qurilishning yagona qonuniy modeli joriy etiladi. Fuqaro, developer (quruvchi) va banklar ishtirokidagi aniq mexanizm belgilanadi.

Qurilish jarayoniga oid barcha ma‘lumotlar Uy-joy qurilishining yagona axborot tizimida ochiq e‘lon qilinadi. Ulushdorlarning mablag‘lari faqat vakolatli banklarda ochiladigan eskrou hisobvaraqlarida jamlanadi.

Qonunda nazarda tutilmagan usullarda ulushdorlarning mablag‘larini jalb qilish taqiqlanadi. Ulushdorlarga yetkazilgan zarar uchun quruvchi va uning yakuniy benefisiarlari shaxsiy javobgar bo‘ladi.

Noqonuniy mablag‘ jalb qilgan shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilanadi. Ulushli qurilish sohasida davlat nazoratining institusional tizimi shakllantiriladi.

Shartnomalar bo‘yicha sifat kafolatlari va aniq muddatlar belgilanadi. Maxsus vakolatli tashkilotlar, muammoli obyektlar, banklar va loyihalarning yagona reyestrlari yuritiladi.

Quruvchi yoki bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda ularni almashtirish mexanizmi joriy etiladi. Qonun loyihasi yuzasidan muhokamalar 30-dekabrgacha davom etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
/
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Anor Bank aksiyalarining 50%i niderlandiyalik investor tasarrufiga o‘tdi
/
Anor Bank aksiyalarining 50%i niderlandiyalik investor tasarrufiga o‘tdi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarilmoqda