Markaziy bank uchta bankka 2,5 mlrd so‘m jarima soldi

Bundan tashqari, ular noqonuniy ushlab qolingan qariyb 29 mlrd so‘m mablag‘ni mijozlarga qaytarishga majbur bo‘lgan

Markaziy bank uchta bankka 2,5 mlrd so‘m jarima soldi

O‘zbekiston Markaziy banki bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish maqsadida bir qator moliyaviy tashkilotlarga qonunbuzarliklar aniqlangani sababli yirik jarimalar qo‘lladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, TBC Bank, Davr Bank va Hamkorbank qonunchilik talablariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortildi. Aniqlangan qonunbuzarliklar orasida — mijozlarga rasmiy veb-saytlarda to‘liq axborot taqdim etilmagani, garovlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda va bekor qilishda kechikishlar, pullik xizmatlarni majburan ko‘rsatish, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foizlarni noto‘g‘ri hisoblash kabi holatlar bor. Shuningdek, banklarning noqonuniy komissiyalar undagani va mijozlarning shikoyatlarini noto‘g‘ri ko‘rib chiqqani aniqlandi.

Natijada banklarga quyidagi miqdorda jarimalar belgilandi: TBC Bank — 615 mln so‘m, Davr Bank — 931 mln so‘m va Hamkorbank — 955 mln so‘m. Shuningdek, moliyaviy tashkilotlarga mijozlarga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatildi.

Xususan, TBC Bank 4,2 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan foizlarni qayta hisoblab chiqishi, Davr Bank 4 mlrd so‘m noqonuniy ushlab qolingan mablag‘larni qaytarishi, Hamkorbank esa qariyb 20 mlrd so‘m noqonuniy to‘lovlarni mijozlarga kompensatsiya qilishi belgilandi.

Markaziy bank, shuningdek, iste’molchilardan kelib tushgan 121 ta shikoyatni ko‘rib chiqdi. Ulardan 68 tasi mijozlar foydasiga hal etildi. Natijada 2,4 mlrd so‘m miqdorida ortiqcha undirilgan foiz va komissiyalar qaytarib berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
/
Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
/
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi
/
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi