Qozog‘iston senatori O‘zbekistonga yangi yo‘l qurishni taklif qildi

Qurilishning taxminiy qiymati 125,3 mlrd tenge ($251,6 mln) ga baholanmoqda

Qozog‘iston senatori O‘zbekistonga yangi yo‘l qurishni taklif qildi

Qozog‘istonlik senator Naurizbay Baykadamov Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi yo‘l qurishni taklif qildi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qizilo‘rda viloyati va O‘zbekistonning qo‘shni viloyati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil aloqasining yo‘qligi savdo, turizm va madaniy aloqalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

O‘zining deputatlik so‘rovnomasida u yangi yo‘lning mintaqalar o‘rtasidagi masofani 1330 km dan 330 km gacha qisqartirishini va Astanaga, Qozog‘istonning shimoliy va sharqiy mintaqalariga, shuningdek, qo‘shni davlatlarga chiqishni ta’minlashini ta’kidladi.

Yo‘l loyihasi Qozog‘iston obyektlarini YUNESKOning “Ipak yo‘li: Farg‘ona – Sirdaryo yo‘lagi” transmilliy yo‘nalishiga kiritish ehtimoli bilan ham bog‘liq. Senatorning so‘zlariga ko‘ra, bu transport aloqalarini kuchaytiradi va turizmni rivojlantirishga yangi turtki beradi.

U O‘zbekiston muqobil yo‘nalishlarni tanlamaguncha Uchquduq – Qizilo‘rda trassasi loyihasini amalga oshirishni tezlashtirishni taklif qildi. Qurilishning taxminiy qiymati $125,3 mlrd tengeni ($251,6 mln) tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
/
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
YTTB 2026-yil uchun O‘zbekiston YIM o‘sish prognozini 6,5% gacha oshirdi
/
YTTB 2026-yil uchun O‘zbekiston YIM o‘sish prognozini 6,5% gacha oshirdi
TOP-300 universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar uchun ta’lim krediti beriladi
/
TOP-300 universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar uchun ta’lim krediti beriladi