Toshkent viloyati IIBB “Uch qahramon” bozoridagi yong‘in yuzasidan ish qo‘zg‘atdi

Yong‘in sababli do‘konlarning taxminan 40%i zararlangan

Toshkent viloyati IIBB “Uch qahramon” bozoridagi yong‘in yuzasidan ish qo‘zg‘atdi

Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi “Uch qahramon” bozorida yuz bergan yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda idora matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ish O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi – og‘ir oqibatlarga olib kelgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bo‘yicha ochilgan. Ushbu modda bo‘yicha jazo ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki ayrim huquqlardan mahrum etgan holda xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

“Uch qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi” savdo binolarining umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Xabarda ta’kidlanishicha, yong‘inni o‘chirish jarayonida bozorning 60% ini tashkil etuvchi 12 ming kvadrat metr savdo maydoniga olov tarqalishining oldi olingan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Demak, hududning taxminan 40%i zarar ko‘rgan.

Yong‘in 11-avgustga o‘tar kechasi boshlanib, uni bartaraf etish ikki soatdan ortiq vaqt olgan. O‘chirish ishlarida 10 ta yong‘in o‘chirish guruhi ishtirok etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda pullik avtoturargohlar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi
/
Toshkentda pullik avtoturargohlar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi
O‘zbekistonda banklarning sof daromadi bir yilda 57% ga oshdi
/
O‘zbekistonda banklarning sof daromadi bir yilda 57% ga oshdi
Yanvar–noyabrda O‘zbekistonda tadbirkorlik faolligi sezilarli oshdi
/
Yanvar–noyabrda O‘zbekistonda tadbirkorlik faolligi sezilarli oshdi