Turkiyalik investorlar Farg‘onada zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Loyihani amalga oshirish joriy yilning may oyidan boshlanadi

Turkiyalik investorlar Farg‘onada zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Turkiyalik investorlar Farg‘onada Fargo-Gold brendi ostida zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Turkiya investitsiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvda loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qildi. Ishlab chiqarish joriy yilning may oyida amaliy bosqichga o‘tishi kutilmoqda. Loyiha doirasida 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, Turkiya tomoni mintaqada yangi qurilish loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Ularning takliflari qo‘llab-quvvatlanib, kelgusida hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidlagan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondagi 15 ta OTMda sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi
/
O‘zbekistondagi 15 ta OTMda sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha qiymati $100 mlnlik 25 ta startap amalga oshiriladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha qiymati $100 mlnlik 25 ta startap amalga oshiriladi
2025-yil oxirida O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish 6,3% ga yetdi
/
2025-yil oxirida O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish 6,3% ga yetdi