O‘zbekistonda turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi
Ta'kidlanishicha, litsenziya xabarnoma shakliga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibi bekor qilinib, uning o‘rniga turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi.
Bugun, 29-aprel kuni Qonunchilik palatasining shu qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Qonun loyihasi bilan tadbirkorlik subektlarining 12 turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabarnoma olish talabi bekor bo‘lishi, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish bo‘yicha arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham taqdim etish imkoniyatini yaratish belgilanmoqda.
Davlat xizmatlari agentligi xabar qilishicha, 3 turdagi litsenziya, jumladan, turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya xabarnoma shakliga o‘tkazilmoqda.
Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini yanada soddalashtirishga, tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bozorda teng sharoitlar va raqobat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
Amaldagi tartib
O‘zbekistonda turagentlik turizm faoliyati uchun litsenziya olinishi kerak. Litsenziya olish uchun talabgor Davlat хizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yoki o‘zi kelib, litsenziyalovchi organga ariza va zarur hujjatlarni taqdim etadi. Ariza ko‘rib chiqilishi uchun litsenziya talabgori BHMning 2,5 baravari miqdorida yig‘im to‘laydi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan ariza olingan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda litsenziyalovchi organ rahbarining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan ekspert хulosasi asosida qabul qilinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ