Oʻzbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi
Loyiha doirasida “Tungi shahar” raqamli platformasini ishga tushiriladi
Tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu haqda Strategik islohotlar instituti ma’lum qildi.
Hujjat 10 ta yo‘nalish, jumladan, 24/7 rejimida ishlaydigan gastronomik zonalar, tungi bozorlar, madaniy va ko‘ngilochar tadbirlarni rivojlantirish, shahar infratuzilmasini yaxshilash, tungi transportni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni o‘z ichiga oladi.
24/7 rejimida ishlaydigan ko‘chalarning xavfsizligi, sifatli yoritish tizimlari, zamonaviy avtoturargohlar va sanitariya sharoitlariga oid talablarga muvofiq bo‘ladi.
Alohida e’tibor tungi iqtisodiyot masalalari bo‘yicha koordinator lavozimini joriy etishga qaratilmoqda. Uning asosiy vazifalari biznes vakillari bilan hamkorlik qilish, tadbirlarni muvofiqlashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlariga rioya etilishini nazorat qilish va infratuzilmaning samarali ishlashini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Ushbu lavozim davlat organlari, xususiy sektor va jamiyat o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, konsepsiyada “Tungi shahar” raqamli platformasini ishga tushirish nazarda tutilgan bo‘lib, unda 24 soat davomida ko‘rsatiladigan xizmatlar, tadbirlar, tungi transport yo‘nalishlari va boshqa xizmatlar haqida ma’lumot berib boriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ