O’zbekistonliklar va Qirg’izistonliklar “ATTO” va “Tulpar”dan ikki davlat shaharlaridagi jamoat transporti to‘lovlarida foydalanishlari mumkin

Hozirda tizimlarni birlashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda

O’zbekistonliklar va Qirg’izistonliklar “ATTO” va “Tulpar”dan ikki davlat shaharlaridagi jamoat transporti to‘lovlarida foydalanishlari mumkin

Joriy yilning 19 avgust kuni “ATTO” va “Tulpar” ikki mamlakat shaharlarida jamoat transportida sayohat to’lovlarini o’zaro qabul qilishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladilar. Bu haqda “Atto” matbuot hizmati xabar bermoqda.

Hamkorlikning asosiy maqsadi ikki mamlakat shaharlarida jamoat transportida to’lovlarni o’zaro qabul qilish tizimlarini birlashtirishdir.

Yaqin kelajakda Qirg’iziston aholisi O’zbekiston shaharlarida yo’l haqini to’lash uchun “Tulpar” kartalaridan, O’zbekistonliklar esa Bishkekdagi “Atto” kartalaridan foydalanishlari mumkin. Ushbu hamkorlik, ayniqsa turizmning kuchayishi fonida, har ikki mamlakat fuqarolarining sayohatlarini osonlashtiradi, — deyiladi xabarda.

“ATTO” ikki tizimni birlashtirish jarayoni allaqachon boshlanganligini xabar qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
/
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi
/
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sishda davom etmoqda