O‘zbekiston transport infratuzilmasiga $12 mlrddan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi

Prezident AQSh kompaniyalari bilan energetika va xomashyo qazib olish sohasidagi strategik loyihalarni ham muhokama qildi

O‘zbekiston transport infratuzilmasiga $12 mlrddan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi

2030-yilgacha O‘zbekiston transport infratuzilmasini rivojlantirishga $12 mlrddan ortiq sarmoya kiritilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning AQSh biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvi yakunida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Vashingtonda o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti yetakchi amerikalik kompaniyalar, moliya institutlari va investitsiya fondlari rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi.

Tadbirda avtomobil va temir yo‘llar, terminallar hamda aeroportlarni o‘z ichiga olgan transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish dasturi amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Mazkur maqsadlar uchun 2030-yilgacha $12 mlrddan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Uchrashuvda strategik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ham belgilab olindi. 2030-yilgacha mamlakatda yangi avlod energiya tizimi yaratiladi. Uning qayta tiklanuvchi quvvati 18–20 gigavattni tashkil etadi, bunda elektr energiyasining 50% dan ortig‘i quyosh va shamol manbalaridan olinadi.

Shu bilan birga, uran, mis, volfram, molibden va grafit qazib olish hamda chuqur qayta ishlashni rivojlantirish rejalashtirilgan. Tomonlar ishonchli ta’minot zanjirlarini yaratish va amerikalik qayta ishlash texnologiyalarini joriy etishni maqsad qilgan.

Yig‘ilish yakunida Shavkat Mirziyoyev AQSh kompaniyalari loyihalarini shaxsan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirar ekan, O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun ishonchli hamkor ekanini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduq burg‘ilash bo‘yicha bitim tuzdi
/
“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduq burg‘ilash bo‘yicha bitim tuzdi
“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
/
“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
Toshkent–Samarqand pulli yo‘lida 12 ta kirish-chiqish punkti tashkil etiladi
/
Toshkent–Samarqand pulli yo‘lida 12 ta kirish-chiqish punkti tashkil etiladi