Transport vaziri Trans-Kaspiy yo‘lagi bo‘ylab xalqaro yuk tashuvchilari uchun viza talablari soddalashtirishni taklif qildi

Ilhom Mahkamovning ta'kidlashicha, tashuvchilar topshirgan arizalar uch oydan ortiq muddatda ko‘rib chiqilmoqda

Transport vaziri Trans-Kaspiy yo‘lagi bo‘ylab xalqaro yuk tashuvchilari uchun viza talablari soddalashtirishni taklif qildi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkentda Transkaspiy transport yo‘lagi va o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha investorlar forumidagi nutq so’zladi. Unda yangi tranzit yo’liga va unga aloqador muammolar va ularga takliflarini bildi.

Vazirning qayd etishicha, Yevropa mamlakatlariga avtomobil transporti orqali yuk tashishning to’siqlar mavjud.

Transport operatsiyalari ruxsat blankalari asosida amalga oshiriladi, biroq hozirgi almashilayotgan ruxsatnomalar mavjud ehtiyojni to‘liq qoplay olmayapti, natijada tashuvchilar cheklovlarga duch kelmoqda. Shuningdek, Yevropaga yuk tashish hajmini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muhim omillardan biri — haydovchilar uchun vizalarni olish jarayoni. Tashuvchilar topshirgan arizalar uch oydan ortiq muddatda ko‘rib chiqilmoqda, — deya e’tiroz bildirdi Ilhom Mahkamov.

Uning so’zlariga ko’ra, Transkaspiy yo‘lagining mavjud infratuzilmasi keyingi besh yil ichida kutilayotgan yuk hajmini qabul qilish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Mavjud quvvatlar mintaqadagi yirik loyihalar va ortib borayotgan talab tufayli yuzaga kelayotgan tashish sur’atlariga mos kelmayapti. Koridor barqarorligiga ta’sir etayotgan asosiy omillardan biri — Kaspiy dengizining tobora sayozlanib borishi, — dedi vazir.

Natijada kemalar o‘z yuk ko‘tarish quvvatining atigi 65% igacha yuklanmoqda, bu esa amaldagi yo‘nalishlarning o‘tkazuvchanligini sezilarli kamaytiradi va dengiz tashuvlarining samaradorligini pasaytiradi. Ayrim hollarda portlardagi yuklash va tranzit navbatlari 30 kungacha cho‘zilib, logistika jarayonlari ancha uzaymoqda.

Parom kemalari yetishmasligi, portlarga olib boruvchi temir yo‘l qismlarining cheklangan quvvati, shuningdek, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi bojxona va tranzit tartiblaridagi farqlar barqaror va o‘sib boruvchi tashish hajmini ta’minlashga halaqit berayotgan jiddiy to‘siqlardir.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tadqiqotlariga ko‘ra, Transkaspiy yo‘lagini yaxshilash uchun zarur jami investitsiyalar taxminan 18,5 mlrd yevroni tashkil etadi.

O‘zbekiston Kaspiy segmentining o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida yangi paromlar xarid qilishni rejalashtirgan, shuningdek, “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” multimodal yo‘lagini rivojlantirish va uni Transkaspiy yo‘lagiga integratsiya qilish bo‘yicha faol ishlamoqda.

Bundan tashqari, u qo’shma loyiha doirasida amalga oshirilishi zarur bo’lgan 5 ta asosiy takliflar haqida gapirdi.

Birinchidan, Trans-Kaspiy yo‘lagi bo‘ylab joylashgan davlatlarning vazir o‘rinbosarlari darajasida Ishchi guruh tuzilishi kerak. Ushbu guruh yo‘lakning butun uzunligi bo‘yicha mavjud muammolarni har tomonlama o‘rganib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqishi lozim.

Vazifalar miqyosini inobatga olgan holda, yo‘lak mamlakatlarida analitik ishlarni amalga oshirish uchun texnik yordam ko‘rsatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz. Olingan natijalar yo‘lakni yanada rivojlantirishga qaratilgan aniq choralarni shakllantirishda boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi, deydi vazir.

Ikkinchidan, yo‘lakni rivojlantirish uchun katta miqdordagi uzoq muddatli investitsiyalar jalb etish zarur. Shu nuqtai nazardan “Global Gateway” tashabbusi hamda xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘lari alohida ahamiyatga ega.

Bu port, temiryo‘l va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek butun transport yo‘lagining barqarorligi va o‘tkazuvchanligini kuchaytirishda muhim omil bo‘lishi mumkin.

Uchinchidan, xalqaro avtomobil yuk tashuvlari haydovchilari uchun vizalarni soddalashtirilgan tartibda berish mexanizmini joriy etish — shu jumladan arizalarni tezkor ko‘rib chiqish va vizalar amal qilish muddatini uzaytirish. Bu logistika zanjirlarining barqarorligini va xalqaro yuk tashuvlarining oldindan rejalashtirilishini ta’minlaydi.

To‘rtinchidan, ruxsatnomalar sonini oshirish. Bu yuk tashuvlarining barqaror o‘sishini ta’minlaydi, logistika cheklovlarini kamaytiradi va o‘zaro savdoni kengaytirish uchun qo‘shimcha sharoit yaratadi.

Beshinchidan, ekologik toza transport turlari va zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish.

Yevropa Ittifoqining “yashil” va raqamli vositalar doirasidagi ko‘magi transport sektorini tezkor transformatsiya qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ushbu mexanizmlar infratuzilma tashabbuslarini uyg‘unlashtirish, harakatlarni muvofiqlashtirish va loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilishning asosiy vositalariga aylanishi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

YTTB O‘zbekiston Ipoteka qayta moliyalash kompaniyasiga $40 mlngacha mablag‘ ajratadi
/
YTTB O‘zbekiston Ipoteka qayta moliyalash kompaniyasiga $40 mlngacha mablag‘ ajratadi
XVJ O‘zbekistonga oltin narxi oshishining budjet xarajatlariga ta’sirini cheklashni tavsiya qilmoqda
/
XVJ O‘zbekistonga oltin narxi oshishining budjet xarajatlariga ta’sirini cheklashni tavsiya qilmoqda
O‘zbekistonda ayrim davlatlardan tovarlar importiga bojxona to‘lovlari kamaytiriladi
/
O‘zbekistonda ayrim davlatlardan tovarlar importiga bojxona to‘lovlari kamaytiriladi