Toshkentda transport modernizatsiyasi uchun $40 mlnlik grant mablag‘i ajratiladi

Janubiy Koreya vakillari loyiha doirasida “aqlli avtobuslar” tizimini joriy etadi

Toshkentda transport modernizatsiyasi uchun $40 mlnlik grant mablag‘i ajratiladi

Janubiy Koreya Toshkent transport tizimini rivojlantirish uchun $40 mln miqdorida grant ajratishni rejalashtirmoqda.

26-may kuni Transport vazirligida Janubiy Koreya Yer resurslari, infratuzilma va transport vazirligi (MOLIT) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida tomonlar transport sohasidagi mavjud hamkorlik va uni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, Koreya kompaniyalarining infratuzilma loyihalaridagi ishtiroki hamda ularni moliyalashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Koreya tomoni Toshkentning intellektual transport tizimini ishlab chiqish bo‘yicha bosh reja loyihasini taqdim etdi. Ushbu loyiha doirasida “aqlli avtobuslar” tizimini joriy etish nazarda tutilgan. Loyihani 2026-2029-yillar oralig‘ida Koreya xalqaro pudratchilar uyushmasi (ICAK) amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, poytaxtda jamoat transportining jozibadorligi va samaradorligini oshirish maqsadida 2027-2032-yillarda avtobuslar uchun maxsus ajratilgan yo‘laklar – Bus Rapid Transit (BRT) tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi