Markaziy bank 2027 yilga kelib O’zbekistonga transchegaraviy pul o’tkazmalari hajmining $20 mlrdgacha oshishini prognoz qilmoqda

Joriy yil yakunlariga ko'ra pul o'tkazmalar 25-30%ga o'sishi kutilmoqda

Markaziy bank 2027 yilga kelib O’zbekistonga transchegaraviy pul o’tkazmalari hajmining $20 mlrdgacha oshishini prognoz qilmoqda

Markaziy bankning 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan pul-kredit siyosati konseptual loyihasining asosiy ssenariysiga ko’ra, 2024-yil oxirigacha O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 25−30%ga ya’ni $14,5-15 mlrdgacha oshishi prognoz qilinmoqda.  

Shuningdek, 2025−2027-yillarda pul o‘tkazmalarining yillik hajmi $20 mlrdga yetishi mumkin. Bunga esa chet el davlatlaridan migratsiya oqimi diversifikatsiyasi o‘sishda davom etishi, yuqori daromadli mamlakatlardan pul o‘tkazmalari amalga oshirilishi orqali erishilishi kutilmoqda.

Muqobil ssenariyga asosan, davom etayotgan sanksiyalarning kuchayib borayotgan ta’siri tufayli rubl sezilarli darajada qadrsizlanishi mumkin. Bu, bir tomondan, mehnat migrantlarining O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmining kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, import inflyatsiyasini oshiradi.

Shu bilan birga, 2025-yilda o‘tkazmalar hajmining qisqarishi va 2026−2027-yillarda asosiy tendensiyaga nisbatan sekinroq sur’atda o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Bundan oldin, pul-kredit siyosatining 2025-2027 yillarga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlar loyihasi belgilani haqda xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi