Tramp $870 mlnlik ulush bilan bitkoindagi eng yirik investorlar qatoriga kirdi

AQSh prezidenti raqamli aktivga bevosita emas, balki o‘z korporatsiyasi orqali egalik qiladi

Tramp $870 mlnlik ulush bilan bitkoindagi eng yirik investorlar qatoriga kirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp taxminan $870 mln qiymatidagi katta miqdordagi bitkoinga egalik qiladi. Bu uni dunyodagi eng yirik raqamli valyuta egalaridan biriga aylantiradi, deb yozadi Forbes nashri.

Donald Tramp bitkoin bo‘yicha yirik pozitsiyaga ega, biroq bu aktiv uning moliyaviy deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan. Baholashlarga ko‘ra, uning ulushi $870 mlnga teng, bu esa uni dunyoning eng yirik investorlaridan biriga aylantiradi.

Tramp bitkoinga bilvosita egalik qiladi — u o‘zining Trump Media and Technology Group (TMTG) kompaniyasidagi ulushi orqali egalik qiladi. Mazkur kompaniya Truth Social ijtimoiy tarmog‘ini boshqaradi. Joriy yil boshida TMTG o‘z strategiyasini o‘zgartirib, e’tiborini kriptoaktivlarga qaratdi. May oyida kompaniya qarz va aksiyalar sotuvi orqali $2,3 mlrd jalb qildi, iyul oyida esa $2 mlrdlik bitkoin xarid qildi.

Aksiyalar sotuvi natijasida Trampning kompaniyadagi ulushi 52% dan 41% gacha kamaydi. Bitkoin narxi TMTG’ning yirik xarididan buyon taxminan 6% ga oshganini hisobga olganda, kompaniyaning raqamli valyuta zaxiralari hozirda $2,1 mlrd atrofida baholanmoqda. Shunga ko‘ra, Trampning shaxsiy ulushi $870 mlnni tashkil etadi.

Shu tariqa, Tramp kriptovalyuta bozorining yirik o‘yinchilari qatoriga qo‘shildi. Qiziq tomoni shundaki, u ilgari bitkoinga tanqidiy munosabat bildirgan edi. 2019-yilda u “men bitkoin va boshqa kriptovalyutalarning muxlisi emasman” deb aytgan, ularni haqiqiy pul emas, balki “real qiymatga ega bo‘lmagan, yuqori o‘zgaruvchan aktivlar” deb atagan edi.

Trampning kriptovalyutalarga bo‘lgan qarashlari Oq uydan ketgan davrida o‘zgara boshlagan. Avval u kolleksion NFT kartalarini chiqardi, keyinchalik esa 2024-yilgi saylovlar arafasida o‘g‘illari bilan birgalikda World Liberty Financial nomli kriptoloyihani ishga tushirdi. Uning saylovlardagi g‘alabasidan so‘ng kriptoindustriyada aktivlar qiymati keskin oshdi, bitkoin narxi esa noyabrdan maygacha 60% ga ko‘tarildi.

May oyida TMTG bitkoin jamg‘arishni davom ettirish rejalari haqida e’lon qildi. Buning uchun kompaniya $1 mlrdni konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar orqali, yana $1,4 mlrdni esa aksiyalar sotuvi orqali jalb qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi