O‘zbekistonda mahsulotlar va tovarlar importiga nol boj muddati uzaytirilishi mumkin

Shuningdek, to‘qimachilik sanoati uchun kimyoviy mahsulotlar va xomashyo eksportiga bojxona to‘lovlarini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi

O‘zbekistonda mahsulotlar va tovarlar importiga nol boj muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda oziq-ovqat va iste’mol tovarlari importiga qo‘yilgan nol bojxona boji muddatini uzaytirish mumkinligi haqida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

28-noyabr kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov tashqi savdoning tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda vazirlik va davlat idoralari vakillari, shuningdek oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm-poyabzal, qurilish va metallurgiya sanoati sohalariga mansub korxona va tashkilotlar ishtirok etdi.

MIPT ta’kidlashicha, yig‘ilishning asosiy maqsadi ichki bozorda asosiy iste’mol tovarlari narxlarining barqarorligini ta’minlash, milliy sanoat tarmoqlarini xomashyo bilan ta’minlash hamda mahalliy mahsulotlarning ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan takliflarni ko‘rib chiqish bo‘ldi.

Yig‘ilishda asosiy turdagi oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga nisbatan import bojxona bojlari bo‘yicha nol stavka qo‘llash imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidan charm-poyabzal hamda mo‘yna-teri sanoatida qo‘llaniladigan xomashyo, material va furnitura importiga berilgan bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlar muddatini qayta ko‘rib chiqish masalasi ham o‘rin oldi.

Bundan tashqari, mahalliy qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnika va xomashyo importi uchun bojxona bojlari stavkalarini optimallashtirish, shuningdek kimyo mahsulotlari va to‘qimachilik sanoati xomashyosiga nisbatan eksport bojxona bojlari stavkalarini o‘zgartirish masalalari ham muhokama qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank uchta bankni jarimaga tortdi va ikki to‘lov tashkiloti faoliyatini chekladi
/
Markaziy bank uchta bankni jarimaga tortdi va ikki to‘lov tashkiloti faoliyatini chekladi
Google Gemini chat-botida o‘zbek tili rasman ishga tushirildi
/
Google Gemini chat-botida o‘zbek tili rasman ishga tushirildi
O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish portali ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish portali ishga tushiriladi