Raqobat Qo‘mitasiga 2024-yilda Toshkent shahridan 9 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan
Yil davomida qo‘mita iste’molchilarga 13 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni undirib bergan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘tgan 2024-yil davomida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahri hududiy boshqarmasi iste’molchilar foydasiga 13 mlrd so‘mdan ortiq mablag’ni undirib bergan. Bu haqda Qo‘mita rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Shuningdek, yil davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish yo‘nalishida 9,071 mingta murojaat kelib tushgan. Jumladan, jismoniy shaxslardan 8,646 mingta, yuridik shaxslardan 425 ta shikoyat arizasi berilgan.
Murojaatlarning yo‘nalishlari quyidagicha:
- Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 3,218 mingta;
- Aloqa va ijtimoiy xizmatlar sohasida — 2,912 mingta;
- Reklama va boshqa sohalar — 273 ta.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ