Yarim yilda Toshkent shahridagi qurilish maydonlari soni 8% ga oshdi — CMWP
Qurilish loyihalari ichida Biznes va Premium toifadagi uylarga talab ortib bormoqda

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
CMWP Uzbekistan jamoasi Toshkentdagi turar joy ko‘chmas mulk bozorini monitoringdan o‘tkazdi va 2025-yil 1-yarim yillik yakunlarini Kapital.uzga ma’lum qildi.
2025-yilning birinchi yarim yilligida Toshkent shahrida e’lon qilingan loyihalarning umumiy maydoni o‘tgan yilga nisbatan 8% ga ko‘payib, 932 ming kv.m.ni tashkil etdi (2024-yilning 1-yarim yilligida bu ko‘rsatkich 864 ming kv.m. edi).
E’lon qilingan maydonlar hajmi sezilarli darajada oshgan bo‘lishiga qaramasdan, loyihalar soni deyarli o‘zgarmadi. 2024-yilning 1-yarim yilligida 18 ta loyiha e’lon qilingan bo‘lsa, 2025-yil shu davrida bu ko‘rsatkich 17 tani tashkil etdi.
- 10 ta loyiha — umumiy maydoni 616 ming kv.m (-2%) bo‘lib, Komfort sinfiga tegishli;
- 5 ta loyiha — umumiy maydoni 232 ming kv.m (+217%) Biznes sinfiga kiradi;
- 2 ta loyiha esa — Premium sinfida, umumiy maydoni 77 ming kv.m bo‘lib, bu 52%ni tashkil qiladi.
CMWP Uzbekistan tahliliga ko‘ra, ayniqsa Biznes sinf bo‘yicha 2024-yilda hajmlar pasayishi va savdo sur’atlarining sekinlashuvidan so‘ng talab asta-sekin tiklanmoqda.
Qurilish bozori bo‘yicha asosiy kuzatuvlar va tendensiyalar
O‘tgan yil boshlarida kutilgan inqiroz holati so’ng, komfort va iqtisodiy sinf segmentlari o‘z barqarorligini saqlab qoldi. Premium obyektlarga bo‘lgan talabning tiklanishi esa 2025-yilning ikkinchi yarmida shunday loyihalarning ko‘payishiga zamin yaratmoqda.
Toshkentda, ayniqsa Biznes va Premium segmentlarda turar joy bozori yangi formatdagi, o‘ziga xos arxitektura va innovatsion yechimlarga ega loyihalar bilan boyimoqda. Masalan, Stellar Residence kompleksi uy-joy va biznes markazni birlashtirib, 48,8 ming kv.m maydonda 448 xonadonni o‘z ichiga oladi hamda fasad dizayni va joylashuvi bilan ajralib turadi.
Yirik developerlar tijorat binolarini yagona konsepsiyada rejalashtirib, ularni turli egalar orasida sotishdan voz kechmoqda — bu yondashuv boshqaruvni soddalashtiradi va majmuaning yagona, uyg‘un ko‘rinishda bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, qurilish bozorida eski uy-joy fondini yangilashga qaratilgan keng ko‘lamli renovatsiya dasturlari rivojlanish drayveriga aylangan. Masalan, “Sputnik” massividagi loyihaga ko‘ra, 409 ta eski uy buzilib, o‘rniga 16 qavatli binolar quriladi, natijada 13 mingdan ortiq yangi xonadon paydo bo‘ladi.
2025-yilning ikkinchi yarmida Bosh reja doirasidagi ko‘plab hududlarda yangi obyektlar e’lon qilinishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 2024–2025-yillarda xorijiy kompaniyalar — jumladan, “Ağalarov Development” (Ozarbayjon) va “Griffin Partners” (Rossiya) kabi yirik developerlar Toshkent bozoriga faol kirib kelmoqda. Bundan tashqari, shaharda birinchi servis-apartament loyihasi ishga tushdi — bu model investorlar uchun xonadonlarni ijaraga berish orqali passiv daromad olish imkonini yaratadi va bozorga yangi segment olib kiradi.
2025-yil 1-yarim yilligi uchun developerlar faolligi:
Toshkentdagi yirik turar joy developerlarining asosiy o‘yinchilari — “Golden House”, “NRG”, “BI Group”, “Murad Buildings” va boshqa kompaniyalar bo‘lib, ular Biznes hamda Premium sinflarda loyihalarni amalga oshirmoqda.
- “Xon Saroy” kompaniyasi — poytaxtdagi yirik developer bo‘lib, komfort va iqtisodiy segmentlarda yetakchilik qilmoqda.
- CMWP Uzbekistan tahlillariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida “Golden House” kompaniyasi 9 ta turli formatdagi loyihalarda (yangi qurilishlar, qurilayotgan obyektlar va foydalanishga topshirilganlar) eng ko‘p xonadon taklif qilgan.
Shuningdek, ayni paytda INFINITY va DINASTIYA majmualarida savdolar yakunlangan.
Assalom Havo va Assalom Jomiy loyihalarida esa yakuniy savdo bosqichi davom etmoqda, u yerda 1,2 mingdan ortiq xonadon qolgan.
Birinchi yarimyillikda yangi loyihalar e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, kelajakdagi yirik loyihalar rejalashtirilgan — hozirda ular kelishuv va loyihalash bosqichida.
- “NRG” developer kompaniyasi 2024-yil oxirida Nexis Tower biznes loyihasi bilan bozorga qaytdi.
2025-yil boshiga kelib, kompaniya Yangi Hayot massividagi yirik loyiha – Work – Play – Live ustida ish olib bormoqda. Bu loyiha turar joy binolari, ofislar, tijorat binolari va dam olish infratuzilmalarini o‘z ichiga olgan ko‘p funksiyali obyekt hisoblanadi. Iyul oyi holatiga ko‘ra, bu loyiha hali bozorga rasmiy ravishda chiqmagan. - “BI Group” kompaniyasi o‘zining SANAT, Saod V va Botanika Saroyi loyihalarini davom ettirmoqda. 2024-yil bahorida bu kompaniya Biznes Flagman sinfida joylashgan yangi loyiha ustida ish boshlagan. 2025-yil boshida esa u 4 ta uyda savdoni boshladi. Biroq yangi obyektlar hali rasman e’lon qilinmagan va tafsilotlar oshkor etilmagan.
- “Murad Buildings”2024-yil davomida Boyvi majmuasi qurilishini yakunladi. Premium sinfdagi yangi loyiha – Stellar Residence hamda boshqa obyektlar bo‘yicha ishlar boshlangan. 2025-yilning birinchi yarmida kompaniya Tabiat va Fazo nomli yangi loyihalarni e’lon qildi.
- “Xon Saroy” kompaniyasi Toshkentdagi iqtisodiy va komfort segmentlarida yetakchi hisoblanadi. 2024-yil davomida Vatan Residens, Hayot, Niyozbek, Yangi Hayot massivlarida 10 ta obyektda faoliyat olib borgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ