Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilmoqda

Hozirda xususiy sheriklik bo‘yicha xorijiy kompaniyalar takliflari ko‘rib chiqilmoqda

Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevga transport sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha axborot berildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahriga avia yo‘lovchilar oqimi 2030-yilda 15 mlnga yetishi kutilmoqda. Lekin bunga hozirgi aeroportning quvvati yetmaydi. Shahar ichida joylashgani sababli uni kengaytirish imkoni ham yo‘q.

Shu bois Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilgan. Bugungi kunda xususiy sheriklik bo‘yicha xorijiy kompaniyalar takliflari ko‘rib chiqilmoqda.

Taqdimotda mutasaddilar ushbu yirik loyihaning barcha jihatlari bo‘yicha axborot berdi.

So‘nggi yillarda yo‘l xo‘jaligiga ham katta mablag‘ ajratilib, yangi inshootlar barpo etilmoqda. Avtotransportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida muqobil yo‘llar qurilishi ham loyihalashtirilmoqda. Bu borada investorlarga jozibador muhit yaratish uchun “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi.

Shularga asoslanib, Toshkent bilan Samarqand o‘rtasida muqobil tezyurar yo‘l qurish loyihasiga bir necha hamkor davlatlar kompaniyalari qiziqish bildirgan.

Mutasaddilar ular bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalari va takliflari haqida hisobot berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Top-300 oliygohlarda magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti qoplanadi
/
Top-300 oliygohlarda magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti qoplanadi
O‘zbekistonda 6-mart kuni metan zapravkalari xususiy transportga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
/
O‘zbekistonda 6-mart kuni metan zapravkalari xususiy transportga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
Ayollar tadbirkorligi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga 25 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
/
Ayollar tadbirkorligi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga 25 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi