Toshkentda tezyurar avtobus yo‘nalishlari tarmog‘i yana 15 ta ko‘chaga kengaytiriladi

BRT loyihasining yangi bosqichi uchun shahar byudjeti va investitsiyalardan $110 mln ajratiladi

Toshkentda tezyurar avtobus yo‘nalishlari tarmog‘i yana 15 ta ko‘chaga kengaytiriladi

Shota Rustaveli ko‘chasida ishga tushirilgan BRT (bus rapid transit) tizimi Toshkentning taxminan 10 ta ko‘chasini qamrab oladi. Bu haqda 15-oktabr kuni Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqovning prezident matbuot xizmati videolavhasida aks etgan taqdimotidan ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasi rekonstruksiyasi bilan tanishdi. Bu yerda mamlakatda birinchi marta ko‘cha markazi bo‘ylab avtobuslar uchun maxsus yo‘lak o‘rnatilgan. Uchastkada amalga oshirilgan loyiha $19,2 mlnga tushdi, hudud uzunligi taxminan 7 km.

Toshkent hokimi prezidentga 2030-yilgacha BRT tarmog‘ini kengaytirish rejasini taqdim etdi. U to‘qqiz yo‘nalishni qamrab oladi.

Loyihaning umumiy qiymati $110 mlnga baholanmoqda. Butun liniya uzunligi 57,5 km bo‘ladi.

Loyihaning birinchi bosqichida Shota Rustaveli ko‘chasi, Shahrisabz ko‘chasi (Shota Rustaveli ko‘chasining davomi), Amir Temur shohko‘chasi hamda Yangi Sergeli ko‘chasi qamrab olinadi. Ikkinchi bosqichda Maxtumquli ko‘chasi, shuningdek Mirzo Ulug‘bek — Feruza — Yuzrabot ko‘chalarida ishlar amalga oshiriladi.

Uchinchi bosqichda Lutfiy va Muqimiy ko‘chalari, shuningdek Nurafshon ko‘chasi rekonstruksiya qilinadi. To‘rtinchi bosqichda esa Qoratosh — Ko‘kcha Darvoza ko‘chalari hamda Kichik halqa yo‘li — Parkent ko‘chasida ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Toshkent aeroporti Yangiyo‘ldan 7 km uzoqlikda quriladi
/
Yangi Toshkent aeroporti Yangiyo‘ldan 7 km uzoqlikda quriladi
O‘zbekiston pasport reytingida 10 pog‘ona pastladi
/
O‘zbekiston pasport reytingida 10 pog‘ona pastladi
Koreya kompaniyasi bilan Urganch aeroportini boshqarish bo‘yicha bitim imzolandi
/
Koreya kompaniyasi bilan Urganch aeroportini boshqarish bo‘yicha bitim imzolandi