Toshkentdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tekshiruvida yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi

Toshkentdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi

8-aprel kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi uchta bozorda rejali tekshiruvlar o‘tkazildi. Jumladan, Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” dehqon bozori, Shayxontohur tumanidagi dehqon bozori hamda Chilonzor tumanidagi buyum bozori ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruvlar davomida mazkur bozorlarning ayrim hududlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar bozorlarning ayrim blok

lari tegishli hujjatlar asosida vaqtinchalik yopildi.

Mas’ul idoralar tomonidan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

Eslatib o’tamiz, 5-aprel kuni soat 15:56 da Chilonzor tumani, Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan “Beshqo‘rg‘on” bozorida yong’in yuzaga kelgandi.

Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi, — deyiladi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabarida.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
/
Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
/
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi
/
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi