Yil oxirigacha Toshkentda birinchi “JW Marriott” mehmonxonasi ochiladi

Mehmonxona Tashkent City Mall majmuasi hududida joylashadi

Yil oxirigacha Toshkentda birinchi “JW Marriott” mehmonxonasi ochiladi

Amerikaning yirik mehmonxona tarmog‘i “Marriott International” va O‘zbekistondagi “Alliance Holding” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda birinchi “JW Marriott” brendi ostidagi mehmonxonani ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Yangi mehmonxona 2025-yil oxirida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u Tashkent City Mall hududida joylashadi. Ushbu kompleksda mamlakatdagi eng yirik savdo-ko‘ngilochar markaz ham bo‘ladi.

“JW Marriott Hotel Tashkent” mehmonxonasi 287 ta zamonaviy xona va lyukslarni, restoranlar, SPA va wellness markazi, biznes zali, JW Garden zonasi hamda keng konferensiya zallarini o‘z ichiga oladi. Mehmonxona interyeri tabiatdan ilhomlangan bo‘lib, mehmonlarga qulaylik va osoyishta muhitni taqdim etishga yo‘naltiriladi.

“JW Marriott” — “Marriott International” kompaniyasining yuqori toifadagi brendlaridan biri bo‘lib, dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida 125 dan ortiq mehmonxonani birlashtiradi.

Hozirda O‘zbekistonda Marriott tomonidan boshqarilayotgan yagona mehmonxona bu — “Courtyard by Marriott Tashkent” hisoblanadi. “JW Marriott” mehmonxonasining ishga tushirilishi kompaniyaning O‘zbekistondagi pozitsiyasini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi