Yoz oyida Toshkentdagi 2500 ga yaqin avtobus bekatlari yangilanadi
Shahar hokimligi bekatlardagi do‘konlar buzilishini yoki ko‘chirilishi ma’lum qildi

Toshkent shahri hokimligi
Iyul oyida Toshkentda avtobus bekatlarini yangilash ishlari boshlanadi, ularning umumiy soni 2500 ga yaqin. Bu haqda poytaxt hokimligining 12-martdagi taqdimotida so‘z boradi.
Kuzda avtobus bekatlarining yangi yagona dizayni taqdim etilgandi. Uzunligi 3,2 va 6,5 m bo‘lgan metall karkasli, mustahkamlangan shishaga ega avtobus bekatlari yog‘och o‘rindiqlar, ma’lumot tablosi, kuzatuv kamerasi, 112 favqulodda chaqiruv tugmasi va quvvatlantiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan.
Platformaning balandligi avtobusga qulay kirish va chiqishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Ko‘zi ojizlar uchun taktil plitalar taqdim etiladi, deb xabar berdi shahar hokimligi tarkibiga kiruvchi “Toshkent invest” kompaniyasi.
Bekatlar ochiq auksion orqali tadbirkorlarga ijaraga beriladi. Tadbirkorlar reklama joylashtirish orqali daromad olishi mumkin bo‘ladi. Avtobus bekatlarida do‘konlar bo‘lishi ko‘zda tutilmagan.
Gazeta.uz nashri ma’lum qilishicha, 12-martda 90 ta lokatsiya chizilgan, yana 124 tasi o‘rnatilgan. Keyingi bosqichda 400 ta bekat o‘rnatish rejalashtirilgan.
Toshkent hokimligi matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, do‘konlar joylashgan avtobus bekatlari buzilishi rejalashtirilgan. Biroq o‘zgarishlar, birinchi navbatda, do‘konsiz bekatlarga ta’sir qiladi. Keyin do‘konlar joylashgan avtobus bekatlarini demontaj qilish boshlanadi. Kadastr reyestriga ega bo‘lgan mulkdorlarga tegishli do‘konlar buzilmaydi, deyiladi matbuot xizmati xabarida. Buning o‘rniga bekatni yangi joyga ko‘chirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ba’zi qonuniy do‘konlar hujjatlarda nazarda tutilganidan ko‘ra kattaroq maydoni egallab turibdi. Bunday hollarda tadbirkorlarga faqat kadastr reyestrida nazarda tutilgan maydon qoladi.
“Har qanday holatda ham do‘konlar va bekatlar yonma-yon bo‘lmaydi. Yo do‘konlar buziladi, yo bekat ko‘chiriladi. Har bir holat alohida ko‘rib chiqiladi”, — deyiladi ma’muriyat matbuot xizmati xabarida.
Ta’kidlash joizki, bunday vaziyatlarda yo‘lovchilar uchun qulaylik e’tiborga olinishi kerak. Shahardagi ko‘plab bekatlar aslida noto‘g‘ri joyda o‘rnatilgan. Ammo agar bekat joyi qulay bo‘lsa, do‘konni ko‘chirish kerak.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ