“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi

Zavodning 90% aksiyalari ishonchli boshqaruv orqali keyinchalik xususiy sektorga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” ni xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 27-dekabrdagi qarorida belgilangan.

Hujjatga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga zavodning 90% lik aksiyalar paketini ishonchli boshqaruvga berish to‘g‘risidagi bitimni keyinchalik bosqichma-bosqich xususiylashtirish sharti bilan yana 1 yilga uzaytirish topshirildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil aprel oyida avval “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga tegishli bo‘lgan zavod ustav fondidagi 90,02% ulush Davaktiv agentligiga o‘tkazilgan. Agentlik esa ushbu ulushni 2025-yil 22-yanvardagi shartnoma asosida “Transport Engineering Center” kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga bergan. Mazkur bitim haqida jamoatchilikka rasmiy axborot berilmagan.

Keyinchalik zavodning yangi kuzatuv kengashi shakllantirilgan bo‘lib, uning tarkibiga Rossiya fuqarolari bo‘lgan “Transport Engineering Center” kompaniyasining besh nafar vakili kiritilgan. Ularning ayrimlari Rossiyaning temir yo‘l va shahar relsli transporti uchun harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqaruvchi “Transmashxolding” (TMX) mashinasozlik guruhiga aloqador hisoblanadi.

Iyul oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning zavoddagi ulushi temir yo‘l va metro uchun harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish maqsadida Rossiya kompaniyalari ta’sischiligidagi “Transport Engineering Center”ga ishonchli boshqaruvga berilganini ma’lum qilgan.

Kuzatuv kengashi tarkibiga “Transmashxolding” kompaniyasining top-menejerlari ham kiritilgan. KTYDR ma’lumotlariga ko‘ra, “Transport Engineering Center” ta’sischilari VTR Holdings Limited xususiy kompaniyasi (87%) va “Vektor texnologicheskix resheniy” (13%) hisoblanadi. VTR Holdings Limited Ostona shahrida, “Vektor texnologicheskix resheniy” esa Moskva shahrida ro‘yxatdan o‘tgan.

Rossiya yuridik shaxslarining yagona davlat reyestriga ko‘ra, “Vektor texnologicheskix resheniy” kompaniyasining yagona ta’sischisi Aleksey Lebedev hisoblanadi. U 2011–2017-yillarda Rossiya temir yo‘llari (RJD) tortish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
/
O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
/
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi