Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda
Eng arzon tumanlar Sergeli va Olmazor bo‘ldi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2024-yilning noyabr oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3%ga pasaygan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lum qildi.
O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi o‘tgan oyga nisbatan 0,9% ga, 2 xonalilar uchun 1,3% ga, 4 xonalilar uchun 3,9% ga arzonladi. 3 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxida esa biroz (0,8% ga) ko‘tarilishi kuzatilgan.
Nisbatan arzon xonadonlarni Sergelida $298 dan $411 gacha, Olmazorda $330 dan $479 gacha ijaraga olish mumkin.
Eng qimmat ijara narxlari Mirobod ($378 dan $865 gacha) va Yakkasaroy ($367 dan $743 gacha) tumanlarida qayd etilgan
Noyabr oyi davomida to‘liq ta’mirlangan 2 xonali ($559) va 3 xonali ($733) uy-joylarning ijara narxi deyarli o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, 1 xonali uylar ijara narxlari 0,6% ga oshdi. Talab darajasi nisbatan kam bo‘lgan 4 xonali uylarning ijara narxi esa o‘rtacha 0,9% ga pasaydi.
Sergeli ($331 dan $587 gacha) va Uchtepa ($353 dan $688 gacha) tumanlarida to‘liq ta’minlangan uy narxlari nisbatan arzonroq.
Mirobod ($479 dan $1313 gacha) va Shayxontohur ($520 dan $1258 gacha) tumanlarida to‘liq ta’minlangan xonadonlar nisbatan qimmatroq bo‘lgan.
Bundan oldin, oktabr oyidagi ijara narxlari haqida xabar berilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ