Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi

Umuman, shaharlararo poyezdlar qatnovi uchun 500 km temir yo‘l qurilishi olib boriladi

Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi

Turistlar oqimining barqaror o‘sishi aviatsiya va temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish quvvatini ikki barobarga oshirishni talab qilmoqda. Shu sababli 2026-yilda aviaparkdagi havo kemalari soni 120 taga yetkaziladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Mahalliy aviaqatnovlarni kengaytirish uchun subsidiyalashning yangi mexanizmi joriy etiladi. Endilikda chipta narxidan qat’i nazar, har bir sotilgan chipta uchun belgilangan miqdorda subsidiya ajratiladi. Bu aviachiptalar narxini pasaytirish va yo‘lovchilar talabini oshirishga xizmat qiladi.

Kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi. Unda uchuvchilar, texnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar, shuningdek, aeroportlar uchun servis va boshqaruv yo‘nalishidagi kadrlar tayyorlanadi.

Ichki temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Shaharlarni tezyurar poyezdlar orqali bog‘lash uchun 2026-yildan boshlab qo‘shimcha 500 km temir yo‘l qurilishi boshlanadi.

Kelgusi yilda 110 km yangi temir yo‘l foydalanishga topshirilib, Bo‘ka, Piskent, Bekobod, Boyovut tumanlari hamda Nurafshon shahri poytaxt bilan bog‘lanadi. Shuningdek, “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar uchun yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Navoiy shaharlaridagi temir yo‘l vokzallari xususiy sheriklik asosida boshqaruvga beriladi.

Yangi yilda tadbirkorlar tomonidan $4 mlrd miqdoridagi investitsiyalar hisobiga 3,5 mingdan ortiq yangi servis obyektlari ishga tushiriladi.

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida kelgusi uch yil davomida 5 ming gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqariladi.

Shuningdek, 2026-yildan “O‘zbekiston merosi mehmonxonalari” dasturi amalga oshiriladi. Uning doirasida madaniy meros obyektlarida xususiy sheriklik asosida butik-mehmonxonalar tashkil etish uchun nufuzli xalqaro mehmonxona tarmoqlari jalb qilinadi. Dastur ishtirokchilariga yer, mol-mulk, foyda soliqlari hamda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar beriladi.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida 2026-yilda xizmatlar bozori hajmini $100 mlrddan oshirish rejalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
/
Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Endilikda bitta xonadon uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka krediti miqdori 15% ga oshiriladi
/
Endilikda bitta xonadon uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka krediti miqdori 15% ga oshiriladi