Abu-Dabi birjasi va «Toshkent» RFB raqamlashtirish bo’yicha hamkorlik to’g’risida kelishib oldilar

Tomonlar tegishli memorandumni imzoladilar

Abu-Dabi birjasi va «Toshkent» RFB raqamlashtirish bo’yicha hamkorlik to’g’risida kelishib oldilar

19 aprel kuni Toshkent Respublika fond birjasi (RFB) va Abu Dhabi Securities Exchange (ADX) elektron savdolar va savdodan keyingi tizimlar sohasida, shuningdek innovatsiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzoladilar. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, «Toshkent» RFB Tabadul Digital Exchange Hub — raqamli birjaning yaqin Sharq markazining beshinchi a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi.

«Toshkent» RFB boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili «Tabadul» tashabbusi xorijiy investorlarning O’zbekiston kapital bozoriga va aksincha, o’zbek investorlarining xorijiy bozorlarga kirishini soddalashtirishga qaratilgan strategiyaga juda mos kelishini ta’kidladi.

Shunday qilib, birjalar elektron savdo va savdodan keyingi tizimlarni birgalikda rivojlantiradi, shuningdek birja faoliyatida innovatsiyalarni amalga oshiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi
/
Toshkentda Davlat xizmatlari agentligi binosi 51 mlrd so‘mdan ortiq summaga sotildi
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
/
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi 5 ta GESni modernizatsiya qiladi
Deputat banklardagi yuqori penya va jarimalar bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yubordi
/
Deputat banklardagi yuqori penya va jarimalar bo‘yicha Markaziy bankka so‘rov yubordi