Toshkentning poytaxt maqomi bo‘yicha alohida qonun qabul qilinadi

Hujjat shahar boshqaruvi qoidalarini belgilaydi, kelgusi yildan drenaj tizimi master-rejasini amalga oshirish va hokimiyat vakolatlarini kengaytirish boshlanadi

Toshkentning poytaxt maqomi bo‘yicha alohida qonun qabul qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida mamlakatning bosh shahri faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini tartibga soluvchi alohida hujjat ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, kelgusi yildan Toshkent shahrida drenaj tizimining master-rejasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlanadi. Dastur doirasida 150 km yopiq tarmoqlar qurish, 197 km kollektorlarni rekonstruksiya qilish hamda mikroiqlimni yaxshilash maqsadida 63 km yangi kanallar barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, yomg‘ir suvlarini yig‘ish uchun 17 ta inshoot qurilib, ushbu suvlar yashil hududlarni sug‘orishda foydalaniladi.

Jamoat xavfsizligini oshirish va avariyalarni tezkor bartaraf etish maqsadida shahar kommunal va favqulodda xizmatlari to‘liq sutkalik ish rejimiga o‘tkaziladi.

Davlat rahbari Toshkentni siyosiy va iqtisodiy markaz sifatida boshqarishda alohida yondashuv zarurligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar Kengashiga byudjet daromadlarining reja ortig‘i bajarilgan 20% ini tumanlar o‘rtasida taqsimlash vakolatini berish taklif etildi. Bundan tashqari, shahar va tuman hokimlari deputatlar bilan kelishilgan holda bo‘sh mablag‘larni depozitlarga joylashtirish huquqiga ega bo‘ladi.

Hududlardagi ishlar samaradorligiga ham alohida e’tibor qaratildi. 2026-yildan boshlab poytaxtda “mahalla yettiligi” tizimi to‘liq Toshkent shahar hokimiyati tasarrufiga o‘tkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi