“Toshkent” fond birjasi NASDAQ bilan hamkorlikda modernizatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda

Shuningdek, davlat obligatsiyalari savdosi uchun yaxlit infratuzilma yaratiladi

“Toshkent” fond birjasi NASDAQ bilan hamkorlikda modernizatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Nyu York shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida NASDAQ fond birjasi raisi Adena Fridman bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

NASDAQ — $30 trlndan ortiq aktivlarni boshqaruvchi dunyodagi yetakchi moliya bozori operatorlaridan biri.

Uchrashuvda “Toshkent” fond birjasini modernizatsiya qilish, davlat obligatsiyalari savdosi uchun yaxlit infratuzilma yaratish rejalari ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.

Sentabr oyi boshida “Toshkent” Respublika fond birjasi rahbariyatida kadrlar o‘zgargandi. Xususan, Georgiy Paresishvili 2022-yil sentabridan buyon egallab kelgan boshqaruv raisi lavozimini tark etgan. Uning vazifasini avval Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida depozitar xizmatlar va hisob-to‘lov operatsiyalari boshqarmasiga rahbarlik qilgan Fayzulla Muratovich Tashov egallagan.

“Toshkent” Respublika fond birjasi AJ 1994-yil 8-aprel shakllangan. Bugungi kunda u 100 ortiq brokerlik tashkilotlariga ega. Uning aksiyadorlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (75%) va Korea Exchange (25%) hisoblanadi.

Yil boshidan buyon birjaning daromadi yarim yilda 63 baravarga oshib, 11,2 mlrd so’mga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda ipoteka subsidiyalari miqdorini oshirish taklif qilindi
/
Toshkentda ipoteka subsidiyalari miqdorini oshirish taklif qilindi
Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibidan to‘rtta davlat kompaniyasi va bank chiqarildi
/
Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibidan to‘rtta davlat kompaniyasi va bank chiqarildi
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarila boshladi