Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi bahorda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Mutaxassislar yer bozori tartibga tushganini, yangi hujjat esa poytaxtda qurilish balandligini asosan 5–8 qavat bilan cheklaganini aytmoqda

Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi bahorda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Toshkentning 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bu haqda 11-fevral kuni Murad Buildings kompaniyasining operatsion direktori Vyacheslav Krivosheyev Move Real Estate Summit xalqaro sammitidagi muhokama chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kapital.uz muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yer uchastkalarini sotib olish bozori ancha tartibga tushgan. Bir yil avval esa bozor spekulyativ xarakterga ega bo‘lib, iqtisodiy real holatdan uzilib qolgan edi. Ayrim yirik yer egalari uchastkalarni moliyaviy modellarga mos kelmaydigan narxlarda sotgani sababli loyihalar to‘xtab qolgan holatlar kuzatilgan.

Kompaniya vakili yer bozorida ikki asosiy yo‘nalish shakllanganini ta’kidladi: poytaxt ichida renovatsiya loyihalari (brownfield) hamda Yangi Toshkent hududida noldan qurilishlar (greenfield). Poytaxtda yerlarning asosiy egasi davlat bo‘lib, bu jarayon Yangi Toshkent direksiyasi, Tashkent Invest kompaniyasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, shaharda xususiy yer egalari ham mavjud. Biroq bosh reja tasdiqlangach, qurilish balandligi asosan 5–8 qavat, kam hollarda esa 9 qavat bilan cheklangani bozordagi vaziyatni o‘zgartirgan. Krivosheyevga ko‘ra, bunday sharoitda loyihalarning iqtisodiy samaradorligi uchun ko‘pincha premium toifadagi obyektlar qurishga to‘g‘ri keladi.

U shuningdek, qavatlar sonini oshirib berishni va’da qilayotgan vositachilarga ishonmaslik kerakligini aytdi. Bosh rejaga o‘zgartirishlar faqat maxsus komissiyalar orqali ko‘rib chiqiladi va bunday holatlar juda kam uchraydi. Uning ta’kidlashicha, ayrim o‘zgarishlar aynan shu bahorda e’lon qilinishi kutilmoqda, keyinchalik esa bosh rejani o‘zgartirish ancha murakkablashadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident aholi uchun avtokredit stavkalarini pasaytirishni buyurdi
/
Prezident aholi uchun avtokredit stavkalarini pasaytirishni buyurdi
Markaziy bank yanvar oyida 7 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘lladi
/
Markaziy bank yanvar oyida 7 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘lladi
“O‘zcharmsanoat” raisi Akbar Sultonov ishdan olindi
/
“O‘zcharmsanoat” raisi Akbar Sultonov ishdan olindi