Toshkent—Andijon avtomagistralining ayrim qismida tezlik 80 km/soatgacha pasaytiriladi

Ohangaron tumanidan o‘tuvchi A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining 103–131-kilometrlarida yangi tezlik cheklovlari joriy etiladi

Toshkent—Andijon avtomagistralining ayrim qismida tezlik 80 km/soatgacha pasaytiriladi

Toshkent—Andijon avtomobil yo‘lining bir qismida transport vositalari uchun ruxsat etilgan maksimal tezlik pasaytiriladi. Bu haqda Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qaror yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Cheklovlar A-373 xalqaro avtomagistralining Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi 103–131-kilometr oralig‘iga tatbiq etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, M1, M2 va N1 toifasidagi yengil avtomobillar hamda yengil tijorat transportlari uchun maksimal tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatgacha tushiriladi.

N2 va N3 toifasidagi og‘ir yuk avtomobillari esa ushbu uchastkada 50 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlana olmaydi.

Cheklovlar Ohangaron tumanidagi uchta aholi punktidan tashqarida joylashgan to‘rtta yo‘l uchastkasida amal qiladi. Mazkur hududlarga tegishli yo‘l belgilari va qo‘shimcha axborot ko‘rsatkichlari o‘rnatiladi.

Avvalroq Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi 4R-12 “Bektemir–Chirchiq–G‘azalkent–Chorvoq” avtomobil yo‘lida tezlik rejimini pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Cheklovlar yo‘lning Xitoytepa, Uyenqo‘lsoy, Sariqangli, G‘azalkent, Qoranqul va Chinorkent aholi punktlari yaqinidagi oltita qismida soatiga 80 kilometrgacha belgilandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi