Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘li 6 yil muddatda quriladi

Bu yo’l qurilishi Toshkentdan Andijonga borish vaqtini 2 soat 14 daqiqaga kamaytirish imkonini beradi

Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘li 6 yil muddatda quriladi

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li olti yil muddatda qurilishi haqda Strategik islohotlar agentligi tomonidan tashkil etilgan “Mamlakatlar platformasi”ning uchinchi davra suhbatidagi taqdimotda Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ma’lum qildi, deya yozadi “Gazeta.uz”.

Uning so’zlariga ko‘ra, I-chi kategoriyadagi yo‘l 6 qatordan iborat bo‘lib, qurilish muddati 6 yil 3 oyni tashkil etadi. 314 km uzunlikdagi ushbu yo‘lning 64%i yangidan qurilishi, 36%i esa rekonstruksiya qilinishi kutilmoqda. 

Jarayon uch bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda Toshkent-Angren (78 km), ikkinchi bosqichda Angren-Pop (93 km), uchinchi bosqichda esa Pop-Andijon (143 km) qismlari sement-beton qoplamali shaklda quriladi.

Ushbu yo’l qurilishi Toshkentdan Andijonga borish vaqtini 5 soatdan 2 soat 14 daqiqaga kamaytirish imkonini beradi. Loyiha qiymati  $4,28 mlrdni (2023 nominal narxida) tashkil etadi. Yo’l qurilishi bo’yicha DXSh kelishuvi 49 yil muddatga amal qiladi.

Loyihalarni investitsiya oldidan o‘rganish va tender jarayonlarida bitimlar bo‘yicha maslahat berish yuzasidan “Ove Arup and Partners International Limited”, “PricewaterhouseCoopers Central Asia and Caucasus BV” va “CMS Cameron Mc Kenna Nabarro Olswang LLP” qo‘shma korxonasi bilan umumiy qiymati $6,78 mlnlik shartnoma imzolangan.

Transport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘l qurilishi bo‘yicha boshqa ma’lumotlar texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgach ma’lum bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
/
Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi