Toshkent aeroporti oldidagi ko‘prikni qayta qurish uchun 511 mlrd so‘m sarflandi

Ko‘prik 5 mingta, sutkasiga 132 mingta avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega

Toshkent aeroporti oldidagi ko‘prikni qayta qurish uchun 511 mlrd so‘m sarflandi

Toshkent xalqaro aeroporti oldidagi ko‘prikni qayta qurish va yangisini barpo etish xarajatlari 511 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasiga “Ko‘prikqurilish AJ” loyiha rahbari Bobur Elmurodov ma’lum qildi.

Mazkur yo‘l o‘tkazgich 1967-yilda qurilgan bo‘lib, 2008-yilda qayta ta’mirlangan edi. 2021-yil may oyida prezidentga ko‘prikni qayta tiklash va aylanma yo‘l o‘tkazgich qurish loyihasi taqdim etilgan. Biroq keyinchalik loyiha o‘zgartirildi.

Rekonstruksiya davomida avvalgi ko‘prikka yondosh yana bir estakada qurildi, 4 ta tushish yo‘li va 2 ta klever qo‘shildi. Natijada yo‘l o‘tkazgich soatiga 5 mingta, sutkasiga 132 mingta avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan. Shuningdek, yangicha xavfsizlik to‘siqlari ham o‘rnatilgan.

Yo‘l o‘tkazgichga o‘rnatilgan to‘siqlarni qo‘llashdan maqsad – transport hodisalari yuz berganda, transportga kamroq shikast yetishi va ichidagi yo‘lovchilarga tan jarohati yetmasaligi nazarda tutilgan. Bular ham yangi texnologiya bo‘lib, 360 gradusga aylanib ishlaydigan texnologiya hisoblanadi. U ham mamlakatimizda birinchi marta qo‘llanilgan, – degan “Ko‘prikqurilish” AJ loyiha rahbari Bobur Elmurodov.

O‘tkazgichning umumiy uzunligi 693,5 metr, eni esa 62 metrni tashkil qiladi. Loyiha doirasida piyodalar va velosiped yo‘laklari hamda sug‘orish tizimlari qurilgan.

Biz yo‘l o‘tkazgichni qurishda xalqaro standartlar asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalandik. Bu borada Rossiya institutlari bilan hamkorlikda ish olib borildi. Inshoot yig‘ma monolit uslubida qurilgan bo‘lib, sifati va mustahkamligi yuqori bo‘lgani uchun uzoq muddat xizmat qiladi, – degan Loyiha maslahatchilari guruhi rahbari Yuriy Ipatov.

Qayd etilishicha, inshootni texnik nazorat qilish raqamlashtirilgan bo‘lib, bu tizim bilan yo‘l o‘tkazgich tun-u kun nazoratda bo‘ladi va texnik tahlil olib boriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uzbekistan Airports” tender bekor qilinganligi to‘g‘risida izoh berdi
/
“Uzbekistan Airports” tender bekor qilinganligi to‘g‘risida izoh berdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Uzbekistan Airports” tenderini bekor qildi
/
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Uzbekistan Airports” tenderini bekor qildi
O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya darajasi 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank
/
O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya darajasi 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank