Toshkent aeroportida “taksomat” va yangi oziq-ovqat shoxobchalari paydo bo‘ladi
Lotlarning boshlang‘ich qiymati 18 mln so‘mdan 720 mln so‘mgacha etib belgilangan

Фото: Uzbekistan Airports
“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportida joylashgan maydonlarni ijaraga berish uchun bir nechta lotlarni kimoshdi savdosiga qo‘ydi.
Xalqaro aviaqatnovlar terminali uchish zalining uchinchi qavatida texnik shartlarga muvofiq xalqaro va mahalliy brend ostida bo‘lgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish uchun har biri 100 kv.m bo‘lgan ikkita lot auktsionga qo‘yiladi.
Har bir lotning boshlang‘ich bahosi QQSsiz 600 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Xalqaro aviaqatnovlar terminalining steril hududida yana bir oziq-ovqat xizmat ko’rsatish shoxobchasi rejalashtirilgan. Kofe burchagini tashkil qilish uchun 20 kv.m maydon kim oshdi savdosiga qo’yiladi.
Lotning boshlang‘ich qiymati QQSsiz yiliga 720 mln so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, ro’yxatdan o’tish hududida bankomatlarni(ATM) o’rnatish uchun juda yana bir lot qo’yilgan.
Lotning boshlang‘ich qiymati – QQSsiz yiliga 18 mln so‘m.
Bundan tashqari, xalqaro uchib kelish zalida 2 kv.m maydon taksini mustaqil ravishda chaqirish uchun mo‘ljallangan “taksomat” o‘rnatish uchun kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lotning boshlang‘ich yillik qiymati – QQSsiz 12 mln so‘m.
Ushbu ausionlar joriy yilning 29-may kuni E-auksion.uz elektron platformasida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, ausionda ishtirok etuvchi kompaniyalar texnik shartlarga mos kelishlari shart. Ijarachilarga qo‘yiladigan talablar va boshlang‘ich narxlar E-ausion veb-saytida barcha lotlar bo‘yicha mavjud. Kim oshdi savdosi qoidalariga ko‘ra, dastlabki yillik narxlar savdo paytida kamida 10% ga oshishi mumkin.
Avvalroq, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi Toshkent aeroporti binosini kimoshdi savdosiga qo‘ygan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ