Buxoroda qiymati $320 mlnlik to‘rtta to‘qimachilik korxonasi quriladi

Loyiha Vobkent, Qorako‘l, Jondor va Olot tumanlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan

Buxoroda qiymati $320 mlnlik to‘rtta to‘qimachilik korxonasi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-noyabrda Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida qiymati $320 mln miqdoridagi 4 ta to‘qimachilik korxonasi tashkil qilish rejalari bilan tanishgan edi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar bergan

Loyiha ishga tushirilishi natijasida tayyor trikotaj va to‘qimachilik mahsulotlari hajmi 2 barobar oshadi, 5 mingta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, Buxoroda 2025-yilda Investisiyalarni o‘zlashtirish, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish maqsadida bir necha loyihalar amalga oshiriladi. 

Xususan, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tumanlarida 70 ta drayver loyihani amalga oshirib, 150 ming odamni daromadli qilish, 40 ming kishini kambag‘allikdan chiqarish lozim.

Peshku va Shofirkon tumanlarini qurilish materiallari hamda to‘qimachilikka, Kogon shahri, Olot va Jondor oziq-ovqat, Gʻijduvon va Romitanni kimyo sanoatiga ixtisoslashtiriladi. Bundan tadbirkorlarning $150 mlnlik loyihalarni amalga oshirsa, 411 ta kichik korxona, 12 mingta ish o‘rni paydo bo‘ladi.

Joriy yilning o‘tgan davrida Buxoroga 1,5 mln nafar xorijiy turist tashrif buyurgan. Kelgusi yil Buxoroda xorijiy turistlar soni 2,2 mlnga, turizm eksporti $600 mlnga yetishi kutilmoqda. Buning uchun esa 69 ta yangi mehmonxona, 2 mingta hunarmandchilik rasta va do‘konlari barpo etiladi. 

Qo‘shimchasiga 20 ming gektar maydonda 100 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va  2 ming nafar aholi bandligi ta’minlash mumkin. Bundan tashqari, 2 mln gektar maydonda pista yetishtirish ham ko’zda tutilgan.

Shu bois hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tadi. Butun e’tibor shu uchta yo‘nalishni yaxshilashga qaratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

YATT xodimlari tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytiriladi
/
YATT xodimlari tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytiriladi
Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
/
Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
/
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi