2025-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati $4 mlrdlik eksportni amalga oshiradi

Shuningdek, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport ulushi 70% ga oshiriladi

2025-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati $4 mlrdlik eksportni amalga oshiradi

2025-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida eksport $4 mlrdga yetkaziladi. Bu haqda Prezident farmoni qabul qilindi

Shuningdek, 2026-yilda $5 mlrdga va 2027-yilda $7 mlrdga oshirish rejalashtirilmoqda. 

AQSh va Yevropa davlatlari bozorlariga tayyor mahsulotlar eksporti esa $500 mlnga yetkazilishi belgilangan. 

Ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy dizaynlarni joriy etib, xalqaro brendlarni jalb qilish orqali tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport ulushini 70% ga oshiriladi. 

Ip-kalavani chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish maqsadida $5 mlrd miqdorida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilinadi. 

Shuningdek, mahalliy mahsulot va brendlarni xalqaro “marketpleys”larda targ‘ib qilish, joylashtirish va reklama qilish bo‘yicha “Made in Uzbekistan” dasturi amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ huzurida faktorlik tashkiloti tashkil etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
/
Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
/
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi