Fuqarolar 2026-yildan to‘lagan soliqlari qanday sarflanayotganini kuzatishlari mumkin

Buning uchun “Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar” moduli ishga tushiriladi

Fuqarolar 2026-yildan to‘lagan soliqlari qanday sarflanayotganini kuzatishlari mumkin

O‘zbekiston fuqarolari to‘lagan soliqlari qaysi sohalarga yo‘naltirilayotganini kuzatishi mumkin bo‘ladi. Bu 28-noyabr kuni imzolangan “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida aks etgan.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Ochiq budjet” axborot portalida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan soliqlar hisobidan amalga oshiriladigan budjet xarajatlari ma’lumotlarini o‘zida aks ettiruvchi “Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar” moduli ishga tushiriladi.

Bunda:

  • jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda to‘langan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • to‘langan soliqlar evaziga Davlat budjetidan amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarajatlar yo‘nalishlari kesimida) doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.

Modul Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Unga “Raqamli hukumat tizimi foydalanuvchilarining yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirish imkoniyatini yaratiladi.

Yuqorida qayd etilgan vazirliklar 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz beruvchilar portretini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish choralarini ko‘rishi kerak.

Soliq qo‘mitasi bir oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligining texnik talabnomasi asosida shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolar tomonidan to‘langan soliq ma’lumotlarining “Ochiq budjet” axborot portalida fuqaroning o‘zi uchun ko‘rinadigan shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllanishini ta’minlashi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endilikda fuqarolar maosh olishda banklarni mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘ladi
/
Endilikda fuqarolar maosh olishda banklarni mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘ladi
Uzbekistan Airways bir kunda Airbus A320/321 samolyotlari tizimlarini modernizatsiya qildi
/
Uzbekistan Airways bir kunda Airbus A320/321 samolyotlari tizimlarini modernizatsiya qildi
OIIB O‘zbekistonga “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun $500 mln ajratadi
/
OIIB O‘zbekistonga “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun $500 mln ajratadi