O’zbekistondagi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to’laganligi aniqlandi

Eng katta miqdor «Meta»ga to'g'ri keldi

O’zbekistondagi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to’laganligi aniqlandi

2023 yilda O’zbekistonda elektron xizmatlar ko’rsatuvchi 56 ta xorijiy kompaniya 70 mlrd so’mlik soliq to’ladi. Bu haqda O’zbekiston 24 telekanali xabar bermoqda.

To’langan soliqlarning 90% dan ortig’i 10 ta xorijiy elektron xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarga to’g’ri keladi.

Eng yirik soliq to’lovchi hali ham Meta (Facebook Whatsapp) bo’lib, u taxminan 26,4 milliard so’m to’lagan. Ikkinchi yetakchi Google bo’ldi — 20,3 mlrd so’m. Uchlikka Apple kompaniyasi 12,9 mlrd so’m bilan kirdi.

Qolgan eng yirik soliq to’lovchilar ham ma’lum bo’ldi:

Amazon — 2,2 mlrd so’m;

Booking.com — 1,6 mlrd so’m;

Netflix — 1,2 mlrd so’m;

Xsolla — 816 mln so’m;

Zoom — 763 mln so’m;

Yandex — 690 mln so’m;

Adobe — 437 mln so’m.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
/
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi