O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi

Kelishuvga ko'ra, “O‘zbekiston — Tojikiston investitsiya kompaniyasi”ni tashkil etiladi

O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yig‘ilishidan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi.

Bundan tashqari, hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar to‘plami, jumladan:

  • Tovar ayirboshlashni oshirish dasturi;
  • Sanoat kooperatsiyasi dasturi;
  • Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish elektron tizimlarini o‘zaro qo‘llash to‘g‘risida bitim;
  • Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Chegaraoldi hududlarda radiochastotalarni o‘zlashtirishni muvofiqlashtirish to‘g‘risida bitim;
  • “O‘zbekiston — Tojikiston investitsiya kompaniyasi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
  • Ye-Permit axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • 2026−2028-yillarda sanoat va innovatsiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
  • 2026−2028-yillarda tog‘-kon sanoati va yangi texnologiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
  • 2026−2027-yillarda madaniyat sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
  • 2026−2028-yillarda turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
  • 2026−2028-yillarda agrosanoat majmuida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
  • innovatsiya, davlat xizmati, moliya, ta’lim va sud qarorlarini majburiy ijro etish sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondagi AES loyihasi Rossiya sanoatiga $24,7 mlrdgacha buyurtma olib keladi
/
O‘zbekistondagi AES loyihasi Rossiya sanoatiga $24,7 mlrdgacha buyurtma olib keladi
2025-yil oxirida ko‘chmas mulk bitimlari 24,5%ga ko‘paydi
/
2025-yil oxirida ko‘chmas mulk bitimlari 24,5%ga ko‘paydi
“Uzbektelekom” va “O‘zbekgidroenergo” kuzatuv kengashlariga xorijiy investorlar kiritildi
/
“Uzbektelekom” va “O‘zbekgidroenergo” kuzatuv kengashlariga xorijiy investorlar kiritildi