Tadbirkorlarga tog‘ turizmini rivojlantirish uchun subsidiyalar beriladi

Ziplayn va tayparklarni tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

Tadbirkorlarga tog‘ turizmini rivojlantirish uchun subsidiyalar beriladi

2025-yil 19-iyunda Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonning tog‘li va cho‘l hududlarida sayyohlik xizmatlarini rag‘batlantirishga qaratilgan qaror qabul qildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjat bilan ziplayn va arqon parklar (tayparklar) barpo etish loyihalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarga bir martalik subsidiya beriladi:

  • uzunligi kamida 200 metr bo‘lgan ziplayn yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 100 mln so‘m;
  • maydoni 150 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan taypark tashkil etish uchun 80 mln so‘m.

Subsidiyalar Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi va obyektlar foydalanishga topshirilgandan so‘ng to‘lanadi. To‘lovni olish uchun Turizm qo‘mitasiga (qog‘oz yoki elektron shaklda) ariza topshirish lozim. Arizalar maxsus komissiya tomonidan 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, bunday turistik obyektlarni joylashtirish mumkin bo‘lgan shahar va tumanlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ziplayn — maxsus uskunalar yordamida tortilgan po‘lat arqon bo‘ylab pastga tushish, taypark esa ikki metrdan ortiq balandlikdagi osma marshrutlardan iborat arqon parkidir.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Iyul oyida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi $48,74 mlrdga yetdi
/
Iyul oyida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi $48,74 mlrdga yetdi
Yoz oylarida avtomobil oynalarini qoraytirish narxlari pasaytirilishi mumkin
/
Yoz oylarida avtomobil oynalarini qoraytirish narxlari pasaytirilishi mumkin
Qashqadaryoda 1 trln so‘mdan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
/
Qashqadaryoda 1 trln so‘mdan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshiriladi