“Ji An Tai International” kompaniyasi Urusay oltin konini o‘zlashtirish ishlarini olib bormoqda
Loyiha doirasida yiliga 200 kg oltin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan

“Ji An Tai International” kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘istonda Urusay oltin konini o‘zlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bu haqda AOKAda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Diyor Keldiyorov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lumot berildi.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda loyiha doirasida yiliga 200 kg oltin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Xorijiy investorlar bilan Parkentdagi Syurenota temir konini o‘zlashtirish ishlari boshlanib (qiymati $60 mlnlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar), 2026-yil iyunidan yiliga 1 mln tonna temir konsentrati chiqarish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Avstriyaning “Lasselsberger” kompaniyasi bilan Nurobodda quruq aralashma, lak-bo‘yoq, mikrokalsit, terrasio-tosh va keramik plitalar chiqaradigan umumiy qiymati $150 mln bo‘lgan 4 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida yiliga 100 ming tonna quruq aralashma chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Shuningdek, 2025-yilda MMG kompaniyasi tomonidan Qoratog‘ koni negizida yillik quvvati 3 tonna oltin ajratib olish fabrikasini ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ