O‘zbekistonda qimmatbaho metallar savdosidagi chegirmalar muddati uzaytirildi

Bundan tashqari, 2026-yil 1-fevraldan boshlab bunday chegirmalardan foydalanuvchi tadbirkorlarga yangi talablar amal qiladi

O‘zbekistonda qimmatbaho metallar savdosidagi chegirmalar muddati uzaytirildi

Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi, deb xabar bermoqda Huquqiy axborot kanali.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ–452-son qarorining 2-bandidan kelib chiqib, qimmatbaho metallarni birja savdolari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotishda beriladigan chegirmalarning amal qilish muddati 2029-yil 1-fevralga qadar uzaytirildi.

2026-yil 1-fevraldan boshlab chegirmalardan foydalanuvchi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi qo‘shimcha mezonlar inobatga olinadi:

  • yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan zargarlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilganligi va ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganligi hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlanganligi;
  • zargarlik markazlarida kamida bir oy davomida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyekti bo‘lishi.

Kapital.uz avvalroq Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda qonunchilik o’zgarishlari haqida xabar bergandi.

Unga ko’ra, zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi, jumladan:

  • qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotishda 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – yillik 3% miqdorida foiz hisoblanadi;
  • zargarlik markazlarida “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi va Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining filiallari faoliyati (sayyor xizmat ko‘rsatish) yo‘lga qo‘yiladi;
  • zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lganda a’zolik badalini 50% lik chegirma bilan to‘laydi.

2026-yil 1-yanvardan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilishga oid imtiyozlar bekor qilinmoqda. Shuningdek, oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

2028-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning 80%i har oyning 25-sanasigacha avtomatik ravishda respublika byudjetidan qaytariladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning yangi aeroporti qurilishiga start berdi
/
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning yangi aeroporti qurilishiga start berdi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 8,6 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi
/
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 8,6 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini yaxshiladi
/
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini yaxshiladi