Markaziy bank 18 ta tijorat banklarini 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi

Tekshiruvlarda banklar rasmiy saytlarida davlat tili va axborot oshkor etish qoidalariga rioya qilmagani aniqlangan

Markaziy bank 18 ta tijorat banklarini 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025-yilning sentabr–oktabr oylarida tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarini monitoringdan o‘tkazdi. Tekshiruvning asosiy maqsadi — moliyaviy xizmatlar iste’molchilari uchun ma’lumotlarning to‘liq va ishonchli tarzda oshkor etilishini, shuningdek, qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashdan iborat edi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra, bir qator kamchiliklar va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Jumladan, ayrim banklarning veb-saytlarida ma’lumotlar davlat tilida joylashtirilmagan hamda kredit ta’minoti sifatida olingan garov mulklarini bosqichma-bosqich garovdan chiqarish tartibi e’lon qilinmagan.

Mazkur holatlar Agrobank, Anor bank, Hayot bank, Universal bank, Garant bank, Asakabank, Turonbank, Infinbank, Mikrokreditbank, Trastbank, Madad Invest bank, Soderot bank, Orient Finans bank, Ipoteka-bank, Tenge bank, Ziraat bank Uzbekistan, AVO bank va Open bank veb-saytlarida kuzatilgan.

Natijada, Markaziy bank tomonidan ushbu banklarning har biriga amaldagi normativ hujjatlar asosida 102 mln so‘mdan jarima qo‘llanildi. Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va saytlarni qonunchilik talablariga moslashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi.

Markaziy bank barcha tijorat banklaridan ma’lumotlarni oshkor etishda davlat tili to‘g‘risidagi qonunga to‘liq rioya etish, veb-saytlardagi ma’lumotlarning to‘liqligi, dolzarbligi va iste’molchilarga tushunarli bo‘lishini qat’iy talab qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

AQSH hukumati O‘zbekiston bilan yaqinda imzolangan bitimlar sohasini ochiqladi
/
AQSH hukumati O‘zbekiston bilan yaqinda imzolangan bitimlar sohasini ochiqladi
2026-yildan milliy akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot xodimlarining ish haqi 10% ga oshiriladi
/
2026-yildan milliy akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot xodimlarining ish haqi 10% ga oshiriladi
Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor qariyb $60 mlrdga yetdi
/
Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor qariyb $60 mlrdga yetdi